“Open Data Challenge 2020“ xakatoni

Shunaqasi boʻlishi mumkinmi? Sovrin jamgʻarmasi $40 000 boʻlgan xakaton!

Ha, ha va yana bir bor ha!

Doʻstlar, 1-dekabrga qadar sizda “Open Data Challenge 2020” onlayn xakatoniga roʻyxatdan oʻtish imkoni borligini eslatib oʻtmoqchimiz. Unda ishtirokchilar ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilova ishlab chiqishlari lozim boʻladi.

💠 “Open Data Challenge 2020“ xakatoni — bu Oʻzbekiston iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikda ochiq maʼlumotlarni rivojlantirishga qaratilgan har yili oʻtkaziladigan tanlov.

✅ Tanlov yoʻnalishlar: 
- Davlat sektori;
- Ijtimoiy soha;
- Biznes;
- Maʼlumotlarni yaratish va oʻzgartirish.

Shuningdek, tadbir davomida siz ochiq maʼlumotlar boʻyicha yetakchi mutaxassislar ishtirokidagi master-klass va treninglarda hamda BootCampʼda ishtirok etishingiz mumkin.

Arizalar topshirish muhlati: 2020-yil 1-dekabr (shu kuni ham)

Xakaton haqida batafsil: https://clck.ru/RtVRn