XАLQАRO FАN OLIMPIАDА GʼOLIBLАRINI TАYYORLАGАN OʼQITUVChILАRGА OLIY MАLАKА TOIFАSI BERILАDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmoni va «Taʼlim tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarorida Respublikamiz Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil еtish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qarorining uzviy davomi sifatida bir qator vazifalar belgilangan.

Xususan, iqtidorli oʼquvchilarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularga kerakli shart-sharoitlarni yaratish, oʼquvchilar selektsiyasini tashkil etish va ularga taʼlim-tarbiya berayotgan oʼqituvchilarni har tomonlama ragʼbatlantirish masalalari koʼrsatilgan.

Endilikda,

Xalqaro fan olimpiadalarida gʼoliblik (oltin kumush bronza medali)ni qoʼlga kiritgan oʼquvchilarni tayyorlagan umumtaʼlim muassasalarining oʼqituvchilariga – oliy akademik litsey va kasb hunar maktablarining oʼqituvchilariga - bosh oʼqituvchi malaka toifasi beriladi;

Respublika fan olimpiadalarida va koʼrik tanlovlarning respublika bosqichida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan oʼquvchilarni tayyorlagan oʼqituvchilarning malaka toifasi bir pogʼona oshiriladi;

Iqtidorli oʼquvchilarni saralash (selektsiya) tizimini takomillashtirish maqsadida Ixtisoslashgan maktablar istiqbolini belgilash boʼlimi tashkil etiladi;

Ilgʼor xorijiy tajribalarni oʼrgangan holdi milliy va xalqaro olimpiadalarga oʼquvchilarni tayyorlash tizimi tubdan qayta koʼrib chiqiladi;

Xalqaro fan olimpiadalarida qatnashuvchi terma jamoa aʼzolarining muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash maqsadida oʼquvchilar va trener oʼqituvchilarga ovqatlanish, yotoqxona hamda oʼquv mashgʼulotlari uchun zarur shart sharoitlarga ega boʼlgan «Iqtidorli yoshlar markazi» tashkil etiladi.

Matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari boʼyicha olimlar, tajribali trener oʼqituvchilar, respublika va xalqaro olimpiada gʼoliblaridan iborat maslahat kengashlarining faoliyati yoʼlga qoʼyiladi.