21-Umumrossiya dasturlash olimpiadasi

2020 yil 15 noyabr kuni onlayn o'tkazilgan 21-Umumrossiya dasturlash olimpiadasi 1-saralash bosqichida respublikamizning turli hududlaridan iqtidorli o'quvchilar ishtirok etdilar.

Ushbu saralashda 3 nafar 9-10-11-sinf o’quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Saralashda 12 ta masala berilib, ularning yechimi uchun 5 soat vaqt ajratildi. 

Mazkur olimpiadaning saralash bosqichida 13 davlatdan jami 655ta jamoa ishtirok etdi. Respublikamizning barcha hududlaridan 136ta jamoa ushbu olimpiadada o’z bilimini sinab ko’rdi. 
Mamlakatimiz o'quvchilaridan eng yuqori natijaga erishgan jamoalar -  Аniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi (130-o‘rin), Namangan Prezident maktabi (134-o‘rin) va Toshkentdagi al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (186-o‘rin) o‘quvchilari egalladilar.

21-Umumrossiya dasturlash olimpiadasining final bosqichiga yo‘llanma oladigan jamoalar xalqaro hakamlar qaroridan soʼng, dekabr oyida eʼlon qilinadi.

https://t.me/olimpdep/1361