Respublika fan olimpiadasining II (tuman) bosqichining boshlanganligi to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 4-noyabr kunidan boshlab respublikamiz umumta’lim muassasalarining 9-11-sinf o‘quvchilari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining I-II-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlaridan Respublika fan olimpiadasining II (tuman) bosqichiga start berildi.

I-bosqichda jami 1 152 524 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. I-bosqich yakunlari bo‘yicha har bir yo‘nalishda eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan g‘olib o‘quvchilar jami 572 871 nafar o‘quvchi II (tuman) bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Bu yilgi olimpiadaning o‘ziga xos jihati shundaki, bunda, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari ham tuman bosqichiga qamrab olindi. Nazorat materiallari hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tayyorlanib, maxfiyligi ta’minlangan holda joylarga o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Fan olimpiadasining II (tuman) bosqichi 2 turda ya’ni, yozma ish va test mashg‘ulotlaridan bo‘lib o‘tadi.

Fan olimpiadasining birinchi kuni boshlangan Toshkent shahri, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Toshkent viloyatlarida 9-,11-sinflarda
1-tur yozma ishlari karantin qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda tashkil qilindi.

 Jarayon 21-noyabrga qadar davom etadi. Fan olimpiadasining II-bosqich yakunlari bo‘yicha har bir yo‘nalishda ballar ketma-ketligida 3 nafardan g‘olib o‘quvchilar 2021-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan
III (viloyat) bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi. Quyida hududlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan jadval havola qilinadi.

 

T/r

Hudud nomi

II (tuman) bosqich o‘tkaziladigan kunlar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

6-15 noyabr

2.

Andijon viloyati

5-7 noyabr

3.

Buxoro viloyati

6-14 noyabr

4.

Jizzax viloyati

5-14 noyabr

5.

Navoiy viloyati

9-11 noyabr

6.

Namangan viloyati

4-10 noyabr

7.

Qashqadaryo viloyati

4-9 noyabr

8.

Samarqand viloyati

4-9 noyabr

9.

Sirdaryo viloyati

6-21 noyabr

10.

Surxondaryo viloyati

9-10 noyabr

11.

Toshkent viloyati

4-10 noyabr

12.

Farg‘ona viloyati

8-10 noyabr

13.

Xorazm viloyati

7-9 noyabr

14.

Toshkent shahri

4-7 noyabr