Algoritmlash va dasturlash olimpiadasi

Xalq ta’limi vazirligining Fan olimpiadalari bo’yicha iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash departamenti 11-sinf o'quvchilarini Algoritmlash va dasturlash olimpiadasida o'z bilimlarini sinab ko'rishlari uchun imkoniyat taqdim etadi!

Joriy yilning 31-oktabr kuni (shanba) soat 10:00 da Algoritmlash va dasturlash bo'yicha 11-sinf hamda akademik litseylarning 2-bosqich o'quvchilari uchun onlayn olimpiada o'tkaziladi.

Onlayn olimpiadadan so'ng barcha ishtirokchilar o'z reytinglarini ko'rishlari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Algoritmlash va dasturlash onlayn olimpiadasida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish (https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn) shart! 

Axborot tizimidan foydalanish bo'yicha ko'p beriladigan savollarga javoblar bilan quyidagi havola orqali o'tib tanishing: https://sites.google.com/view/olympiad-uzedu-uz-faq/uz?authuser=0

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲 👉@olimpdep