SASMO 2020 matematika olimpiadasida ishtirok etgan o’zbek o’quvchilarining naitjalari
SASMO 2020 matematika olimpiadasida ishtirok etgan o’zbek o’quvchilarining naitjalari
Joriy yilning 3 avgust kuni 2-11 sinf o'quvchilari o'rtasida SASMO (Singapur va Osiyo maktablari matematika olimpiadasi, Singapore and Asian Schools olympiad) olimpiadasi o'tkazildi. Ushbu olimpiadanining asosiy maqsadi Osiyodagi yoshlarni ommaviy birlashtirishga va matematika fani bo’yicha bilimini oshirishga qaratilgan bo’lib, 2020 yilgi olimpiadada dunyoning 19 ta davlatidan iqtidorli o’quvchilar onlayn tarzda ishtirok etdi. Jumladan, ishtirokchi o’quvchilarning aksariyati Singapur, Malayziya, Vyetnam, Gonkong, Kambodja, Tailand, Makao, Xitoy, BAA, Qozog’iston, Ozarbayjon, Nepal, Turkiya, Pokiston va O’zbekiston davlatidan. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib olimpiada onlayn tarzda bo’lib o‘tdi. Bunda talabalar ikkita qurilmadan kattalashtirilgan ekranga ulangan bo’lib, talabaning o'zi old tomondan, shuningdek kompyuter ekranini ikkinchisidan talabalar xonasi ko'rinib turdi. Bu esa olimpiadaning shaffof o‘tishiga imkon berdi. Bu yil o‘quvchilar o‘rtasidagi reytinglar (joylar bo'yicha taqsimlash) yangilandi. O‘zbekiston Respublikasidan 115 nafar talabgor o‘quvchilar olimpiadada ishtirok etish uchun ariza to’ldirgan edi. Natijada ro'yxatdan o'tgan 115 ishtirokchidan 15 nafari oltin, 14 ta kumush va 34 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Taqdirlash marosimi, sertifikat va medallar tayyor bo’lishi bilan noyabr oyida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Natijalarni sasmo.sg veb-saytida va rasmiy Telegram-kanalida ko’rishingiz mumkin (https://t.me/uzbcdc)