OʻZBEKISTON TERMA JAMOASI 61-XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETMOQDA
OʻZBEKISTON TERMA JAMOASI 61-XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETMOQDA
2020-yilning 21-22-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan masofaviy tarzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan 61-Xalqaro olimpiadasi oʻtkazilmoqda. Mazkur olimpiadada dunyoning 107 mamlakatidan 622 nafar oʻquvchilar ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston sharafini esa quyidagi 6 nafar oʻquvchi himoya qilishadi: 1 . Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani 5-IDUM 10-sinf oʻquvchisi; 2. Jahongir Norboyev — Buxoro viloyati, Peshku tumani 18-maktabning 11-sinf oʻquvchisi; 3. Shahboz Hasanov — Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani Qorakoʻl akademik litseyi 2-kurs oʻquvchisi; 4. Ibrohim Mirgʻiyosov — Namangan viloyati, Namangan shahri NamDU akademik litsey 2-kurs oʻquvchisi; 5. Muhammadrizo Majidov — Toshkent shahar Prezident maktabi 9-sinf oʻquvchisi; 6. Eldor Neymatov — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 1-IDUM 11-sinf oʻquvchisi. Terma jamoamizni olimpiadaga munosib ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti binosida shart-sharoitlar yaratildi. Olimpiada shartiga koʻra, har bir ishtirokchi 4,5 soat davomida 3 ta topshiriqni yechib, uni asoslab berishi lozim. Soʻngra har bir ishtirokchining yakuniy toʻplagan ballari asosida Hakamlar hayʼati tomonidan gʻoliblar aniqlanadi. Shu oʻrinda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan terma jamoamiz aʼzolariga muvaffaqiyat tilaymiz.