Xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar va ularning oʻqituvchilariga mukofotlar topshirildi

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning 27-avgust kuni Xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilda masofaviy tarzda oʻtkazilgan xalqaro kimyo va biologiya fan olimpiadalarida ishtirok etgan terma jamoamiz aʼzolari yurtimiz sharafini munosib ravishda himoya qildi.

Xususan, 25-iyul kuni masofaviy tarzda oʻtkazilgan nufuzli 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida dunyoning 60 davlatidan jami 235 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi. Ushbu olimpiadada 4 nafar iqtidorli oʻquvchilardan iborat Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

24-avgust kuni masofaviy tarzda oʻtkazilgan, dunyoning 52 davlatidan jami 262 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etgan 31-Xalqaro biologiya olimpiadasida yurtimiz sharafini 4 nafar iqtidorli oʻquvchi himoya qilib, 1 ta oltin va 2 ta kumush medallarini qoʻlga kiritdi.

photo2020-08-2710-31-09-2.jpg

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq quyidagi miqdorlarda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin (oltin medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 500 (111 mln 500 ming soʻm) baravari, oʻqituvchisiga —

450 baravari (100 mln 350 ming soʻm) miqdorida;

2-oʻrin (kumush medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 300 (66 mln 900 ming soʻm) baravari, oʻqituvchisiga —

250 baravari (55 mln 750 ming soʻm) miqdorida;

3-oʻrin (bronza medal) uchun — oʻquvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 (44 mln 600 ming soʻm), oʻqituvchisiga — 150 baravari

(33 mln 450 ming soʻm) miqdorida bir martalik pul mukofotlari belgilangan.

Shuningdek, xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun direktor jamgʻarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishlicha qoʻshimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama toʻlanadi.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, joriy yilning sentyabr oyida ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Xalqaro matematika va Xalqaro informatika olimpiadalarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

photo2020-08-2710-41-19-2.jpg

Maʼlumot uchun:

2019-yilda oʻquvchilarimiz tomonidan nufuzli Xalqaro fan olimpiadalarida 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari qoʻlga kiritilgan, ularga va ularning oʻqituvchilariga jami 714 million soʻm pul mukofoti topshirilgan.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda medal bilan taqdirlangan oʻquvchilar Oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

2020 yil Xalqaro kimyo va Xalqaro biologiya olimpiadasida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan, bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlangan oʼquvchilar va ularning oʼqituvchilari

Biologiya fanidan

Oʼquvchi

 

Taʼlim muassasasi

Natija

Pul mukofoti miqdori

Oʼqituvchisi

Pul mukofoti miqdori

Saida Valijonova

 

Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʼquvchisi

Oltin medal

111 500 000 soʼm

Аrtikbay Ishankulov

100 350 000 soʼm

Ravshanbek Karimov

 

Buxoro viloyati Qorakoʼl tumani BDU akademik litsey oʼquvchisi

Kumush medal

66 900 000 soʼm

Dilbar Gʼoyibova

 

55 750 000 soʼm

Sardor

Tojiboev

 

Jizzax viloyati Jizzax shahri JDPI akademik litsey oʼquvchisi

Kumush medal

66 900 000 soʼm

Bozormurod Аbduvaxitov

55 750 000 soʼm

Kimyo fanidan

Oʼquvchi

 

Taʼlim muassasasi

Natija

Pul mukofoti miqdori

Oʼqituvchisi

Pul mukofoti miqdori

Mirumid Mirakbarov

 

Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʼquvchisi

Kumush medal

66 900 000 soʼm

Dilshod Xaydarov

55 750 000 soʼm

Dilshodaxon Isaeva

 

Toshkent shahri Yunusobod tumani TPTI akademik litsey oʼquvchisi

Kumush medal

66 900 000 soʼm

Baxtiyor Usmonov

55 750 000 soʼm

Firdavs

Sobirov

Buxoro viloyati Buxoro shahri 35-maktab oʼquvchisi

Bronza medal

44 600 000 soʼm

Аmin

Saidov

33 450 000 soʼm