“Eng yaxshi nazorat materiallari” koʼrik-tanlovi gʼoliblari aniqlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” qarori hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2020 yilga moʼljallangan ish rejasi ijrosini taʼminlash, umumtaʼlim muassasalarining pedagoglari orasidan matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari boʼyicha ilgʼor, ijodkor oʼqituvchilarni aniqlash, ularni qoʼllab quvvatlash va turli fanlar boʼyicha test savollari zahirasini shaklantirish maqsadida “Eng yaxshi nazorat materiallari” koʼrik-tanlovi oʼtkazildi.Tanlov sirtqi tartibda tashkil etildi va unda ishtirok etish uchun Xalq taʼlimi vazirligiga joʼnatilgan nazorat materiallari orasidan nizom talablari asosida 2393 nafar pedagoglarning ishlari qabul qilindi. Xalq taʼlimi vazirligi Fan olimpiadalari boʼyicha iqtidorli oʼquvchilar bilan ishlash Departamenti va Respublika taʼlim markazi hamkorlikda tashkil qilingan hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan qabul qilingan ishlar baholash mezonlariga muvofiq baholandi va gʼoliblar aniqlandi.

Tanlov materiallarini baholash natijalariga koʼra quyidagi pedagog-oʼqituvchilar gʼoliblikni qoʼlga kiritdilar.

t/r

 

Ishtirokchining

F.I.Sh

Ish joyi

 

Egallagan oʼrni

Matematika fani boʼyicha

1.

Jumaeva Gulnoza Berdiyarovna

 

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi 2-IDUM

1-oʼrin

 

2.

 

Hasanov Baxtiyor

 

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi 47-maktab

2-oʼrin

 

3.

 

Qoʼyjonov Joʼrabek Аbdullaevich

 

Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi

5-maktab

3-oʼrin

 

Fizika fani boʼyicha

1.

 

Jumaev Dilshod Farhod oʼgʼli

 

Buxoro viloyati, Qorakoʼl tumanidagi

43-IDUM

1-oʼrin

 

2.

 

Sobirov Shohjahon Ochil oʼgʼli

 

Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanidagi 4-maktab

2-oʼrin

 

3.

 

Gʼopurova Qandinsa Ikromiddin qizi

 

Fargʼona viloyati, Bagʼdod tumanidagi

56-maktab

3-oʼrin

 

Kimyo fani boʼyicha

1.

 

Аshurov Farxod Toʼlqinovich

 

Qashqadaryo viloyati, Dexqonobod tumanidagi 77-maktab

1-oʼrin

 

2.

 

Mansurova Gulnoza Shavqievna

 

Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi

21-maktab

2-oʼrin

3.

 

Usmonova Dilfuza Muqimovna

 

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi 160-maktab

3-oʼrin

 

Biologiya fani boʼyicha

1.

 

Jumaeva Muxiba Jumaevna

 

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidagi 6-IDUM

1-oʼrin

 

 

2.

Qoʼchqorova Saodat Toʼlisovna

 

Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi

49-IDUM

2-oʼrin

 

3.

 

Eshonxonova Muqaddasxon Jumavoevna

Fargʼona viloyati, Bagʼdod tumanidagi

3-IDUM

3-oʼrin

 

 

Mazkur tanlovda 1-,2-,3-oʼrinlarni egallab gʼoliblikni qoʼlga kiritgan oʼqituvchilar nootbuk, planshet va smartfonlar hamda maxsus diplom bilan taqdirlanadi. Mukofotlar hududiy boshqarmalar tomonidan topshiriladi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz va bundan keyingi pedagogik faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.