QORAQALPOG‘ISTONDA ILK MAROTABA «IJODKOR O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASI» O‘TKAZILADI

Joriy yilning 27 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Nukus shahridagi 46-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekistonda birinchi marotaba «Ijodkor o‘qituvchilar olimpiadasi»ni jamoaviy tarzda tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur olimpiadaning maqsadi fan metodistlari va o‘qituvchilarning bir-biri bilan hamkorlikda samarali ishlash jarayonini yanada rivojlantirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ilg‘or fan metodisti va o‘qituvchilarini aniqlash hamda qo‘llab-quvvatlash, ularning tajribalarini Respublika miqyosida ommalashtirishdan iborat.

Shuningdek, tajribali fan o‘qituvchilari o‘z mutaxassisligidan tashqari, boshqa fan o‘qituvchilari bilan hamkorligini kuchaytirish, ularni ta’lim tizimiga oid islohotlarning va yangi qarorlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish olimpiadaning asosiy maqsadlaridan biridir.

«Ijodkor o‘qituvchilar olimpiadasi» quyidagi bosqichlardan iborat:

1-bosqich: Barcha ishtirokchilar maktabning kompyuter sinf xonasida oflayn test topshiradi.

2-bosqich: Davlat tili (o‘zbek va qoraqalpoq) da diktant yoziladi.

Final bosqichi 3 turdan iborat:

1-tur: ishtirokchining o‘z tumani yoki shahrining ta’lim sifati ko‘rsatkichlari asosidagi taqdimoti;

2-tur: ishtirokchining yodda saqlab qolish qobiliyati sinovdan o‘tkaziladi;

 

3-tur: keys metodi asosida muammoli vaziyatdan chiqish holati baholanadi.

“Iqtidorli o‘qituvchilar olimpiadasi”ni o‘tkazish va tashkil etish TARTIBI

Tashkiliy masalalar

O‘tkazish muddati 

2019 yilning 27 noyabr

O‘tkazish joyi 

Nukus shahri, 46-ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi

Ishtirokchilar soni

Barcha 17 ta tuman shahar xalq ta’lim bo‘limlaridan tajribali 7 nafardan iborat jamoa

Tashkiliy qo‘mita soni 

7 nafar

Hakamlar hay’ati a’zolari 

5 nafar hakam

Ekspert guruhi 

2 nafar psixolog, 2 nafar tajribali o‘qituvchidan

Soat 8:00 - 8:30 

Ishtirokchilarni kutib olish va ruyxatdan o‘tkazish.

Olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha kun tartibi

Soat 8:00 - 8:30 

Olimpiadaning o‘tkazilish tartibi va mezonlari bilan tanishtirish

Soat 8:30 - 10:30 

Test jarayonini

Soat 11:00 -12:30 

Diktant olish

Soat 14:30 - 16:30 

3-tur final bosqichi