TOSHKENTDA MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TMOQDA

16 noyabr kuni Toshkent shahrida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi informatika va axborot texnologiyalari olimpiadasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu olimpiadada 2018-2019 o‘quv yilida hududiy xalq ta’limi va kasb-hunar ta’limi boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining III bosqichida g‘olib bo‘lib (1-2-3-o‘rin), hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf, akademik litseylarning 1- va 2-bosqich hamda kasb-hunar kollejlarining 3-bosqichida tahsil olayotgan 100 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar olimpiadada 5 ta dasturlashga doir masalalarni 3 soat mobaynida C++, Pascal va Delphi dasturlash tillaridan foydalanib yechishlari kerak.

Olimpiada informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga O‘zbekiston terma jamoasini shakllantirishning saralash bosqichlaridan biridir.