📣 Bugun, 10-noyabr kuni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning I bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📣 Bugun, 10-noyabr kuni xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning I bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Mazkur saralash olimpiadasida 4-9-noyabr kunlari bo'lib o'tgan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi natijalariga ko'ra 1-5-o‘rinlarni egallagan 9-11-sinf, akademik litsey hamda kasb-hunar maktablarining o‘quvchilari, shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tavsiya qilingan o‘quvchilar va o'tgan o'quv yilida bo'lib o'tgan xalqaro olimpiadalar g'oliblari ishtirok etishmoqda.

✔️ Saralash olimpiadasi ishtirokchilariga sinfidan qat’i nazar, fanlar yo‘nalishida xalqaro fan olimpiadalari standartlari asosida bir xil nazorat materiallari taqdim etildi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga 4 soat vaqt berildi. 

✔️ Saralash olimpiadasi natijalari ham sinflarga va hududlarga ajratilmagan holda e’lon qilinadi. Ishtirokchilar orasidan har bir fan bo‘yicha Respublikada eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan (sinfidan qat’iy nazar) dastlabki 25 nafar ishtirokchilar saralab olinadi va nufuzli xalqaro fan olimpiadalariga saralashning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

✔️ Barcha ishlar OTM professor-o'qituvchilari, yuqori malakali mutaxassislar, xalqaro olimpiadalar sovrindorlari va ishtirokchilaridan iborat hakamlar hay'ati tomonidan markazlkashgan holda tekshirilib natijalar e'lon qilinadi.

✔️ Eslatib o‘tamiz butun respublika bo‘yicha barcha ishtirokchilarning yozgan ishlari ushbu ochilgan kanallarga fani bo'yicha yuklanadi. 
@xalqaro2024matematika
@xalqaro2024fizika
@xalqaro2024kimyo
@xalqaro2024biologiya

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
✅Telegram (https://t.me/olimpdep) | 📹Youtube (http://bit.ly/olimpdep) | ✅Facebook (https://www.facebook.com/olimpdep/) | 🌐Instagram (https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/)