ASOSIY OLIMPIADANING II (TUMAN, SHAHAR) BOSQICHI BO‘LIB O‘TMOQDA!

📌 Xabaringiz bor, joriy yilning 17-21-oktabr kunlari umumta'lim maktablarining 9-, 10-, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 16 ta fandan Asosiy olimpiadaning II (tuman, shahar) bosqichi Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda. 

📌 Mazkur olimpiadada umumiy o‘rta ta'lim muassasalari, nodavlat ta'lim tashkilotlarining o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

✔️  Hozirgi kunga qadar, tarix, geografiya, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, kimyo, rus tili va adabiyoti, tojik tili fanlaridan sinflar kesimida g‘olib o‘quvchilar aniqlandi hamda olimpiadaning III (viloyat) bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. 

✔️ Asosiy olimpiadaning II (tuman, shahar) bosqichi jarayonlari ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinmoqda.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
✅Telegram (https://t.me/olimpdep) | 📹Youtube (http://bit.ly/olimpdep) | ✅Facebook (https://www.facebook.com/olimpdep/) | 🌐Instagram (https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/)