📣 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi (IJSO)da O'zbekiston sharafini himoya qiladigan iqtidorli o'quvchilar saralab olindi. 

Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralash bosqichi o‘tkazildi. Saralash bosqichida ishtirokchilarga xalqaro fan olimpiadalari standartlari (talablari) darajasidagi nazorat materiallari berildi hamda o‘quvchilarning  ishlari xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar tomonidan tekshirildi. Yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi o'quvchilar xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi: 

✔️ Erkinov Azizbek - Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

✔️ Raximov Daler - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi;

✔️ Ashiraliyev Nursulton - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

✔️ Yuldashev Murodbek - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o'quvchisi;

✔️ Vaysboyev Rahimboy - Xorazm  viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi;

✔️ Mamadaliyev Javohir - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Eslatib o‘tamiz, 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailand davlatida o‘tkazilishi, bunda ishtirokchi davlatlarning saralangan o‘quvchilari hamda terma jamoa rahbarlari xalqaro olimpiadada bevosita ishtirok etishi rejalashtirilgan. Mazkur xalqaro olimpiadada yurtimiz o'quvchilariga omad va zafarlar tilaymiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
✅Telegram (https://t.me/olimpdep) | 📹Youtube (http://bit.ly/olimpdep) | ✅Facebook (https://www.facebook.com/olimpdep/) | 🌐Instagram (https://www.instagram.com/olimpiada_departamenti/)