Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi - Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza
Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi - Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza
♾XUSHXABAR Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi - Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza To‘rt nafar iqtidorli o‘quvchimiz Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik. Olimpiada natijalariga ko’ra O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi. G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing: Dilyorbek Valijonov-Andijon viloyati, Andijon shahar, Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi; Dilshodbek Xo‘jayev -Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi; Aytish joizki, joriy yilda mazkur Xalqaro olimpiadaga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rildi. Ilk bor terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. (https://t.me/uzedu/21003) Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida o‘quvchilarni tayyorladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi. Ma’lumot o‘rnida joriy yilda eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz 13 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.