ASOSIY FAN OLIMPIADASINING 1-BOSQICHI NOYABRDA O‘TKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiruvchi umumta’lim maktablarida asosiy fan olimpiadasining birinchi (maktab) boqichlari noyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Olimpiadani o‘tkazish muddatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan belgilanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan asosiy fan olimpiadasining 1-bosqichi noyabr oyida quyidagi nomlari ko‘rsatilgan fanlar hamda sinflar kesimida o‘tkaziladi.