53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da O‘zbekistonlik o'quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da O‘zbekistonlik o'quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
⚡️Joriy yilning 10-17-iyul kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida 91 ta mamlakatdan jami 400 nafardan ortiq o‘quvchilar ishtirok etgan 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da O‘zbekistonlik o'quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Sovrindor o‘quvchimiz bilan tanishing: 🥉✅Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o’quvchisi ❗️Yoshlarimiz tomonidan Xalqaro fizika olimpiadasida(IPHO) qo’lga kiritilgan ushbu medal O’zbekiston tarixidagi 3-bronza medali hisoblanadi. 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Terma jamoamiz a’zolari mazkur nufuzli musobaqada 2015-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va hozirga qadar jami 3 ta bronza medallari (2018,2021,2023) qo’lga kiritilgan.
TABRIKLAYMIZ!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin, kumush va oltin medallarga sazovor bo’lish nasib qilsin!
📲 👉@olimpdep