O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etish uchun Shveytsariyaga jo‘nab ketdi.

🧬To'rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO-2023) ishtirok etish uchun 🇨🇭Shveytsariyaga jo‘nab ketdi.

❇️Joriy yil 16-25-iyul kunlari 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO) ga Shveytsariya davlati mezbonlik qilmoqda.  Xalqaro kimyo olimpiadasiga 87 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Terma jamoa tarkibi:
✅Mahmudov Abdulloh-Toshkent sh., Uchtepa tumani, 81-maktab, 10-sinf;
✅Dilmurodov Sohibjon-Toshkent sh., Prezident maktabi 10-sinf;
✅Hakimova Shahzoda -Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf;
✅Nazarov Azizbek - Toshkent sh, Olmazor tumani, Abu Ali Ibn-Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, 11-sinf;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep