Xalqaro matematika olimpiadasida o’quvchilarimiz 3 ta medalni qo’lga kiritdi
Xalqaro matematika olimpiadasida o’quvchilarimiz 3 ta medalni qo’lga kiritdi
📣XUSHXABAR Xalqaro matematika olimpiadasida o’quvchilarimiz 3 ta medalni qo’lga kiritdi 📍 Joriy yilning 5-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o’quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matemematika olimpiadasida(IMO) 3 nafar o’zbekistonlik o’quvchi bronza medallarini qo’lga kiritdi. Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing: 🥉Ozodbek Axtamov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi 9-sinf o‘quvchisi; 🥉Anvarbek Raxmatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi; 🥉Anvarbek Sadulloyev - Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga (https://lex.uz/docs/-4320713) muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi. ❗️Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉32 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan. Terma jamoamiz a’zolarini g’alaba bilan qutlab, omad va zafarlar tilab qolamiz!