🧲Besh nafar iqtiforli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 53-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO-2023) ishtirok etish uchun 🇯🇵Yaponiyaga  jo‘nab ketdi.

❇️Joriy yil 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Yaponiya davlati mezbonlik qilmoqda.  Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Terma jamoa tarkibi:
✅Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf;
✅G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan v, Chust tumani,  71-maktab,  11-sinf;
✅Boymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li -Toshkent sh, Yunusobod tumani  M.Ulug‘bek mak. 11-sinf;
✅Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li-Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, Prezident maktabi,  9-sinf o‘quvchisi;
✅Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li-Buxoro v , Vobkent tumani,  Ixtisoslashtirilgan maktab,  11-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin. 

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep