⚡️Olti nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 64-Xalqaro matemematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etish uchun 🇯🇵Yaponiyaga yetib keldi.

💥Ertaga 7-iyul kuni Xalqaro matemematika olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o'tadi. Xalqaro olimpiadada dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

✅8-9-iyul kunlari ikki kun davomida ishtirokchilarga 3 tadan yozma ish topshiriqlari taqdim etiladi va har kuni 270 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir topshiriq 7 balldan baholanadi. 

❗️Eslatib o’tamiz, O’zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 🥈10 ta kumush va 🥉29 ta bronza medallari qo’lga kiritilgan.

🤲Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep