Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi

Xivada bo‘lib o‘tgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari va g‘olib hamda sovrindorlarini tabriklayman. Olimpiadada uch qit’aning 16 davlatidan yosh olimlar ishtirok etdi.

https://t.me/SShMirziyoyeva/1695

Bunday nufuzli xalqaro olimpiadalar Vatanimizda bo‘lib o‘tishi bejiz emas. 

Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan  ilmga va ilm ahliga munosabat o‘zgardi, olimlarning qadri tiklana boshladi. Ta’limga yangi talablar qo‘yilyapti, butun tizim yangilanmoqda. 

Olimpiadada ishtirok etgan yoshlar barcha tengdoshlari uchun o‘rnak va namuna bo‘ladi.