🖥  Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasida (APIO) bronza medali qo‘lga kiritildi.

🖥  Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasida (APIO) bronza medali qo‘lga kiritildi.

✅ Joriy yilning 21-may kuni maktab o‘quvchilari uchun masofaviy tarzda Xitoy davlati tomonidan tashkil qilingan Asia-Pacific Informatics Olympiad (APIO) - Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiada  mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, unda dunyoning 33 mamlakatidan jami 204 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)da ishtirok etish uchun saralab olingan terma jamoamiz a'zolaridan biri, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi Dilshodbek Xo‘jayev 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

❇️ Dilshodni,  ota-onasini va ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu medal Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasidagi o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan ilk medal hisoblanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep