BUXORODA BO‘LIB O‘TGAN AL-XORAZMIY OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI GʻOLIBLARI TAQDIRLANDI

Kogon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichi  o‘z nihoyasiga yetdi.

Sinovlarda yuqori natijalarni qayd etgan 9 nafar o‘quvchi g‘olib deb topildi.

Tadbir yakunida tashkil etilgan taqdirlash marosimida Buxoro viloyati maktabdgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Farrux Qurbonov va vazirlikdan biriktirilgan mas’ullar g‘oliblarga diplom va vaucherlarni topshirdilar. 

Olimpiada natijalariga ko‘ra, g‘olib o‘quvchilar diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.