🧲 O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk marta oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etadi.

🧲 O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk marta oflayn tarzda Osiyo fizika olimpiadasida ishtirok etadi.

❇️ Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralash natijalariga ko‘ra 8 nafar o‘quvchi joriy yil 21-29 may kunlari Mongoliyada o‘tkaziladigan Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etadi va ushbu olimpiadada  eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchimiz 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 

Joriy yilda 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)ga  Yaponiya davlati mezbonlik qiladi, unda 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
✅Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
✅G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan viloyati, Chust tumani,  71-maktab,  11-sinf o‘quvchisi;
✅Quvondiqova Nozimaxon Ruslon qizi-Xorazm viloyati, Hazorasp tumani,  To‘lqin FM NTM,  11-sinf o‘quvchisi;
✅Boymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li -Toshkent sh, Yunusobod tumani  M.Ulug‘bek mak.  11-sinf o‘quvchisi;
✅Rustamov Xurshid Zafar o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati , Shahrisabz tumani, PTMA IM,  11-sinf o‘quvchisi;
✅Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li-Buxoro viloyati , Vobkent tumani,  Ixtisoslashtirilgan maktab,  11-sinf o‘quvchisi;
✅Eshmo‘minov Azizbek Dusmuhammad o‘g‘li-Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani  12-IMI  11-sinf o‘quvchisi;
✅Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li-Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, Prezident maktabi,  9-sinf o‘quvchisi;

Kecha tunda terma jamoamiz xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun  Mongoliyaga jo‘nab ketdi.
Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz! 

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep