Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi davom etadi.

🟢 Bugun matematika, informatika va axborot texnologiyalari, ingliz tili, fransuz tili, nemis tili fanlaridan Toshkent shahrida va kimyo, biologiya, fizika fanlaridan Buxoro shahrida Asosiy olimpiadaning respublika bosqichiga start berildi. 

✅ Mazkur olimpiadada asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichida 11-sinf o‘quvchilari orasida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan 336 nafar o'quvchilar ishtirok etmoqda. Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq pul mukofotlari va g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar. G‘oliblarning ustozlari tegishincha BHMning 50,35,30 baravari miqdorida (16,5 mln, 11,55 mln, 9,9 mln) bir martalik pul mukofotlari bilan mukofotlanadi. 

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

 

 

 

🔷Quyidagi havola orqali jarayonlarni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

🟢Toshkent shahar Amity Universitetida tashkil etilayotgan olimpiada jarayonlari uchun havola 👉 https://youtube.com/live/CG7QE7zxcZY?feature=share

🟡Buxoro viloyati Buxoro shahrida tashkil etilayotgan olimpiada jarayonlari uchun havol 👉https://www.youtube.com/live/r5eIBlAwFyo?feature=share

🟠Informatika va axborot texnologiyalari fanidan natijalarni onlayn kuzatib borish uchun havola 👉 https://contest.yandex.ru/contest/49678/standings/

 

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep