Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichini o‘tkazish tartibi

Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan Аl-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichini o‘tkazish tartibi

❇️ Olimpiadaning respublika bosqichida mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan (8-sinfdan 2 nafar va 7-sinfdan 1 nafar) 7-8-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. 

🔸Olimpiada 2 kun davomida tashkil qilinadi.
1️⃣ Birinchi kuni barcha fan (fizika, kimyo va biologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriqdan iborat yozma ish beriladi va uni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi. Topshiriqlar jami 50 ball bilan baholanadi.
2️⃣ Ikkinchi kuni barcha fan (fizika, kimyo va biologiya) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilarga jami 20 ta, jumladan 10 ta yopiq (har biri 1,9 balldan) va 10 ta ochiq (har biri 3,1 balldan) test savollari beriladi, bunga 80 daqiqa vaqt ajratiladi hamda 50 ball bilan baholanadi. 

‼️Ballari teng bo‘lib, sovrinli o‘rinlarga bir necha ishtirokchi da’vogarlik qilgan taqdirda yozma ish qismidan yuqori natija qayd etgan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi. 
🎯 Agar yozma ish bo‘yicha ballari ham teng bo‘lganda test topshiriqlarining 3,1 ball beriladigan qismidan yuqori ball to‘plagan o'quvchi ustunlikka ega bo'ladi. Agar barcha ballari teng kelib qolsa g‘oliblikka daʼvogar ishtirokchilarga qo‘shimcha 5 ta yopiq test topshiriqlari taqdim qilinadi va buning natijasida yuqori natija qayd etgan nomzod ustunlikka ega bo‘ladi.

Har bir fandan 7 - 8-sinf o‘quvchilariga bir xil topshiriqlar beriladi.  Ballar ketma-ketligi bo‘yicha yuqori natija qayd etgan 8-sinfdan 2 nafar va 7-sinfdan 1 nafar, jami 3 nafar ishtirokchilar g‘olib deb topiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep