Olti nafar O’zbekistonlik ishtirok etgan Bolqon Matematika Olimpiadasida 4 ta bronza medali qo'lga kiritildi.

#Olimpiada
#Matematika

🎉🎉🎉XUSHXABAR🎉🎉🎉

📍Olti nafar O’zbekistonlik ishtirok etgan Bolqon Matematika Olimpiadasida 4 ta bronza medali qo'lga kiritildi.

⏰  Joriy yilning 8-13 may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekistonlik ishtirokchilar tomonidan 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi. 

Ushbu g'olib o‘quvchilar bilan tanishing:
🥉Raxmatov Anvarbek
-Buxoro viloyati,  Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi  9-sinf o‘quvchisi;
🥉Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

Mazkur g‘alaba bilan o‘quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!!!

✅ Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Bolqon Matematika Olimpiadasida  ishtirok etgan va g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilarimiz tantanali tarzda kutib olindi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep