Xalqaro Iqtisod olimpiadasiga saralashning yakuniy bosqichi. 

✅ Olimpiadaning respublika saralash bosqichi 29-30-aprel kunlari Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida (https://goo.gl/maps/gk7vumBGEsPHWppQ6)  tashkil etiladi. Saralash ikki bosqichdan iborat bo‘lib 2 kun davomida, 1-kun test va 2-kun biznes taqdimoti o‘tkaziladi. 

🎯 Test topshiriqlar hamda biznes taqdimot ingliz tilida bo‘lib o‘tadi va g‘oliblar sinflarga ajratilmagan holda aniqlanadi.

✅ Olimpiadaning birinchi bosqichi test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi. Test topshiriqlarini bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

✅ Birinchi bosqich 30 ta testdan iborat bo‘lib, dastlabki 10 tasi sodda (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;
keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;
qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

‼️1-kun natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-10 o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar keyingi 2-bosqichga (30-aprel kuni bo‘ladigan biznes taqdimoti) o‘tadilar.

✅ Ikkinchi bosqichda hakamlar hay’ati tomonidan berilgan mavzuga ishtirokchilar 45 daqiqa davomida biznes taqdimotlarini tayyorlab hakamlar hay’atiga og’zaki taqdim qiladilar. Biznes taqdimot uchun har bir ishtirokchiga 10 daqiqa vaqt ajratiladi, savol-javob uchun 5-10 daqiqa.

🔹Biznes taqdimotni baholash mezoni:
1. Muammo(lar) va maqsadlarni tog‘ri belgilash va yoritish (1-2 slayd).
2. Ishlatiladigan mavzuga oid biznes terminlarni to‘liq tavsifini aniq tushunturib o’tish (1-2 gap har bir termin uchun)
3. Biznes model (3-6 slayd; qualitative: PESTEL/SWOT and etc, qualitative: moliyaviy ko’rsatkichlar) larning tahlilini kengligi va chuqurligi;
4. Chetdan tashqari mavzuga oid fikrlash qobiliyati (creativity);
5. Mantiqiy tahlillar (chain of analysis);
6. Muqobil yechimlarning mavjudligi (evaluation);
7. Taqdimot uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish;

🔹 Baholash mezoninig har bir bo‘lim 1 dan 10 gacha baholanadi va hakamlar hay’ati a’zolari har bir ishtirokchilarni aloxida baholaydi va jarayon yakunida umumiy ball hisoblanadi.  

✅ Ikkinchi bosqich natijalariga ko‘ra ballar ketma-ketligida 1-5 o‘rinlarni egalagan ishtirokchilar O‘zbekiston terma jamoasiga kiritiladi va xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO-2023)da ishtirok etadilar.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep