Rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha olimpiada.

M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filiali hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti Filologiya fakulteti umumta'lim maktablarining 6-10-sinf, akademik litseylarning 1-2 bosqich o‘quvchilarini Rus tili va adabiyoti fani bo‘yicha o'tkaziladigan olimpiadada ishtirok etish uchun taklif etadi. Ushbu olimpiada slavyan yozuvi kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda. 

Olimpiadada barcha o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiadada ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Olimpiada joriy yilning 30-aprel kuni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining Toshkent shahridagi filialida (Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 22) bo'lib o'tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://msu.uz/articles/2023-04-08-olimpiada-po-russkomu-yazyku-i-literature

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep