📐64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2023)
📐64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO-2023)
❇️ O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor 1997 yil Argentinada o‘tkazilgan 38-Xalqaro matematika olimpiadasi(IMO)da 3 nafar ishtirokchi, 1999 yil Ruminiyada o‘tkazilgan 40-Xalqaro matematika olimpiadasi(IMO)da ilk bor 6 nafar a’zolardan iborat to‘liq jamoa sifatida ishtirok etgan. Hozirga qadar terma jamoamiz a'zolari tomonidan 10 ta kumush va 29 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan. ✅ Joriy yilning 2-13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida 64-Xalqaro matematika olimpiadasi o‘tkaziladi va mazkur nufuzli olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasining ishtirok etishi rejalashtirilgan. 💠 Eslatib o‘tamiz 5-9-aprel kunlari tashkil etilgan nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichiga ko‘ra 6 ta o‘quvchi saralab olingan va ular 64-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etib O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar. 64-Xalqaro matematika olimpiadasi terma jamoa tarkibi: Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin. 🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
✅Raxmatov Anvarbek Zufarjonovich -Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
✅Axtamov Ozodbek To‘lqinovich -Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Al-Xorazmiy maktabi. 9-sinf o‘quvchisi;
✅Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 11-sinf o‘quvchisi;
✅Xalilov Suxrob Umarovich -Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 1-son PTMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
✅Maksudov Behzod Alisher o‘g‘li -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;
✅G‘afforov Rasulbek Hamza o‘g‘li -Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, 144-maktab 8-sinf o‘quvchisi;
📲 👉@olimpdep