🧲53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO-2023)

❇️Joriy yil 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) ga Yaponiya davlati mezbonlik qilmoqda.  Xalqaro fizika olimpiadasiga 80 ga yaqin davlatlardan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etmoqda va shu qatori 5 nafar O‘zbekistonlik yoshlar ham yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Eslatib o‘tamiz nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichiga ko‘ra 8 ta o‘quvchi saralab olingan va ular Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ishtirok etib O‘zbekiston sharafini himoya qiladilar va ushbu Osiyo fizika olimpiadasida o‘quvchilardan eng yuqori natijani qayd etgan 5 nafar ishtirokchi 53-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO) O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 

Osiyo fizika olimpiadasi terma jamoa tarkibi:
✅Sultonov Javoxir Xurshidovich-Toshkent sh., Yunusobod tumani, Mirzo-Ulug‘bek maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
✅G‘ulomjonov Jasurbek Usmonjon oʻgʻli-Namangan viloyati, Chust tumani,  71-maktab,  11-sinf o‘quvchisi;
✅Quvondiqova Nozimaxon Ruslon qizi-Xorazm viloyati, Hazorasp tumani,  To‘lqin FM NTM,  11-sinf o‘quvchisi;
✅Boymaxammadov Jaloliddin Ahmadjon o‘g‘li -Toshkent sh, Yunusobod tumani  M.Ulug‘bek mak.  11-sinf o‘quvchisi;
✅Rustamov Xurshid Zafar o‘g‘li-Qashqadaryo viloyati , Shahrisabz tumani  PTMA IM,  11-sinf o‘quvchisi;
✅Rajabov Mirshod Mahmud o‘g‘li-Buxoro viloyati , Vobkent tumani  PTMA IM,  11-sinf o‘quvchisi;
✅Eshmo‘minov Azizbek Dusmuhammad o‘g‘li-Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani  12-IMI  11-sinf o‘quvchisi;
✅Sadullayev Javohir Ikrom o‘g‘li-Qoraqalpog‘iston R, Nukus shahar, PIMA,  9-sinf o‘quvchisi;

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin. 

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep