🚀APIO 2023 Xalqaro Olimpiadasi

🏆Asia-Pacific Informatics Olympiad(APIO) maktab o'quvchilari uchun IOI xalqaro informatika olimpiadasi tipidagi musobaqa bo’lib, ko’plab Osiyo va Tinch okeani davlatlari ishtirokida o’tkaziladi. Musobaqada 3 ta IOI uslubidagi masalalarni ishlash uchun 5 soat vaqt beriladi. Batafsil: apio2023.org (http://apio2023.org/).

🇺🇿O’zbekiston uchun APIO 2023 musobaqasi shu yilning 21-May kuni Toshkent shahrida o’tkaziladi. Musobaqada faqat maktab o’quvchilari qatnashishlari mumkin. 

🏆Musobaqada Sport Dasturlashi va IOI uslubidagi masalalarda tajribasi bor o’quvchilar qatnashishlari tavsiya qilinadi. Oldingi yilgi masalalarni quyidagi havola orqali ko’rishingiz mumkin: https://oj.uz/problems/source/26

📌Qatnashchilar soni 18 tagacha chegaralangan. Barcha qatnashchilar quyidagi havola orqali registratsiya qilishlari lozim: https://bit.ly/apio-reg

📅Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 12-aprel kun oxirigacha.

Qatnashuvchilar soni 18 nafardan oshgan holda, 🤖RoboContest.Uz (http://robocontest.uz/) saytida saralash musobaqasi bo`lib o`tadi.

❗️MUHIM❗️: Siz 🇺🇿O`zbekiston hududidagi 🏫 maktab/litsey o`quvchisi ekanligingizni isbotlay olishingiz kerak bo`ladi.