Saralash bosqichi uchun boshqa olimpiadalarda foydalanilmagan yangi topshiriqlar tuzish hamda o’quvchilar bilan kuchaytirilgan o’quv mashg’ulotlarini olib borish uchun xorijiy mutaxassis taklif qilingan.  

Ayni kunlarda Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da ishtirok etadigan O’zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi bo’lib o’tmoqda. Saralash bosqichi uchun boshqa olimpiadalarda foydalanilmagan yangi topshiriqlar tuzish hamda o’quvchilar bilan kuchaytirilgan o’quv mashg’ulotlarini olib borish uchun xorijiy mutaxassis taklif qilingan.  

Chelnokov Grigoriy Rivenovich - matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o’qituvchisi. 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoalarini xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)ga tayyorlab kelmoqda. Xalqaro Jautikov olimpiadasi, Shaharlar turniri, Umumrossiya matematika olimpiadasi kabi olimpiadalarda hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat olib boradi. Uning Xalqaro jurnallarda ko’plab maqolalari chop etilgan. Kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriyaga oid ajoyib masalalar muallifi.

 64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO) 2023-yil 2-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo’lib o’tadi.