Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi.

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning III bosqichi.

Xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida quyidagi grafik asosida tegishli fanlardan belgilangan sanalarda tashkil etiladi.

📘Matematika — 5,6 hamda 8-9-aprel kunlari;
📙Fizika — 8-9-aprel kunlari;
📕Kimyo — 15-16-aprel kunlari;
📗Biologiya — 29-30-aprel kunlari;
📔Informatika va AT  — 29-30-aprel kunlari;

 

Xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichi tartibi.

📘Matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 4 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball, barcha masalalar umumiy 84 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;

📙Fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;

📗Biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 5 ta topshiriq beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 40 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test hamda amaliy ish topshirig‘i beriladi, topshiriqlar umumiy 60 ball bilan baholanadi hamda 4 soat vaqt ajratiladi;

📕Kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

📔Informatika va axborot texnologiyalari fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni 3 tadan masala beriladi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan har bir masala 100 balldan, barcha masalalar umumiy 600 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 5 soatdan vaqt beriladi. Ishtirokchilarning natijalari faqat to‘plagan ballari asosida shakllantiriladi, ya’ni noto‘g‘ri urinishlar uchun jarima ballari berilmaydi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.

Ishtirokchilar orasidan to‘plagan ballar ketma-ketligida har bir fan bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etgan:

🔹biologiya fanidan – 4 nafar;
🔹informatika va axborot texnologiyalari fanidan – 4 nafar;
🔹kimyo fanidan – 4 nafar
🔹matematika fanidan – 6 nafar o‘quvchilardan iborat nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi shakllantiriladi;

🔹fizika fanidan saralash olimpiadasida to‘plagan ballar ketma-ketligi bo‘yicha 8 nafar o‘quvchilar saralab olinadi hamda 2023-yil 21-29-may kunlari o‘tkaziladigan 23-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da ularning ishtiroki ta’minlanadi. Mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada natijasiga ko‘ra yuqori ball to‘plagan 5 nafar o‘quvchilar nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi.

 

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep