Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi yakuniga yetdi

Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichi yakuniga yetdi va saralab olingan o‘quvchilar uchun mahalliy mutaxassislar tomonidan 10 kun davomida kuchaytirilgan trening mashg‘ulotlari boshlab yuborildi.

O'quv jarayonlari:

Kimyo va biologiya fanlaridan - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda;

Matematika va fizika fanlaridan - avvalgi Yunusobod tumanidagi 23-Mehribonlik uyi binosida;

Informatika fanidan - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tmoqda;

Dars jarayonlarida saralash olimpiadalari natijalari asosida shakllantirilgan jami 71 nafar o’quvchilardan iborat O’zbekiston terma jamoasi a'zoligiga nomzodlar hamda saralash olimpiadalarida yuqori natijalarni qayd etgan 8- 9-10-sinf o‘quvchilaridan iborat zahiradagi iqtidorli yoshlar ham ishtirok etmoqda. O'quv mashg'ulotlari oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, nufuzli xalqaro olimpiadalar sovrindorlari bo‘lgan trenerlar ishtirokida olib borilmoqda. Barcha o‘quvchilar yotoqxona bilan ta'minlangan hamda 3 mahal ovqatlanish tashkil qilingan.

 

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep