💠19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

💠19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI NATIJALARI E'LON QILINDI

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥈 5 ta kumush, 🥉 8 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

 

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 21 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Qirg'iziston, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya, Qozog'iston, Germaniya, Peru, Misr, Ukraina) 1238 nafar o'quvchilar (matematika fanidan - 515 nafar, fizika fanidan - 341 nafar, informatika fanidan - 382 nafar) ishtirok etdi. Mazkur xalqaro olimpiadada o'zbekistonlik o'quvchi yoshlar 🥈 5 ta kumush, 🥉 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:

🧲 FIZIKA FANI BO‘YICHA:

Sultonov Javohir Xurshidovich — Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

🖥 INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI BO‘YICHA:

Valijonov Dilyorbek Dilshodbek o‘g‘li — Andijon viloyati, Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Xo‘jayev Dilshodbek Zafarovich — Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Mansuraliyev Husanboy Murotali o‘g‘li — Namangan viloyati, Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Sunnatov Asilbek G‘ofurjon o‘g‘li — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

Jurabekov Otabek Jurabek o‘g‘li — Toshkent shahar, Profi School NTM ning 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medali;

📐MATEMATIKA FANI BO‘YICHA:

Raxmatov Anvar Zufarjonovich — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Sadulloyev Anvarbek Oybek o‘g‘li — Buxoro viloyati, Peshku tumani 18-maktabning 11-sinf o‘quvchisi  🥈kumush medali;

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li — Toshkent shahar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi 🥈kumush medali;

Ortiqov Yusufjon Shamshodovich — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi🥉bronza medali; 

Erkinboyev Kamronbek Temurmalik o‘g‘li — Namangan viloyati Namangan Davlat Universiteti akademik litseyining II bosqich o‘quvchisi, 🥉bronza medali;

Suyunova Madina Muhiddin qizi — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 🥉bronza medali;

📌Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son Qaroriga muvofiq mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar nufuzli xalqaro fan olimpiadalari uchun o'tkaziladigan saralash bosqichlarida ishtirok etish huquqiga ega bo'ladi hamda o'rnatilgan tartibda g'olib o'quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan. Yuqoridagi xalqaro Jautikov olimpiadasi ham mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri hisoblanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep

 

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep