# BU MUHIM

💠Mamkalatimizda mahalliy va xalqaro olimpiadalarni tashkil qilish va uni o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori amaliyotga tadbiq qilingan bo‘lib, ushbu qarorning 1-ilovasi bilan “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.

🔹Nizomda davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadalarni tashkil etish, o‘tkazish, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar ishtirokchilarini saralash hamda olimpiada g‘oliblarini rag‘batlantirish tartibi belgilangan.

🔹Shuningdek, Nizomning 47-bandida Mahalliy  hokimliklar, vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z tashabbusi bilan qo‘shimcha respublika olimpiadalarini o‘tkazishi mumkinligi va  49-bandda O‘quvchilar o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan qo‘shimcha Respublika olimpiadalari Vazirlik bilan kelishilishi belgilangan.

🔹Vazirlik qo‘shimcha fan olimpiadalarining o‘tkazilishini, iqtidorli o‘quvchilarning munosib rag‘batlantirilishini hamda yangi iqtidorlarni kashf qilinishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Yuqoridagi Nizomning 48-bandida tashkil qilinadigan qo‘shimcha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish tartibi, g‘oliblarni rag‘batlantirish masalalari tashkilotchilar tomonidan belgilanishi ta’kidlab o‘tilgan.

🔹Vazirlik tomonidan har o‘quv yili davomida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarining reja-grafigi tasdiqlanadi hamda o‘quvchilar shu asosida olimpiadalarda ishtirok etadi va  tayyorgarlik ko‘radi. 

🔹Qo‘shimcha olimpiadalar mazkur reja-grafikdagi asosiy olimpiadalar bilan bir paytga to‘g‘ri kelib qolishini oldi olinishi hamda tashkilotchilar tomonidan olimpiadalarni o‘tkazishda noxolis yondashuv sabab olimpiada ishtirokchilarida noroziliklarning paydo bo‘lishini va bu kabi e’tirozlar bo‘yicha Vazirlikka murojaat qilinishining oldi olinishi lozim. Chunki, aksariyat hollarda tashkilotchilar Vazirlik bilan kelishmagan holda olimpiadalar tashkil qilishi tufayli ta’kidlab o‘tilganidek muammolar vujudga kelish ehtimoli mavjud.

📃Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha olimpiadalarni Vazirlik bilan kelishilgan holda tashkil qilish maqsadga muvofiq ekanligini ma’lum qilamiz.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep