💠19-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI

🔹Joriy yilning 1-10-fevral kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi masofaviy (onlayn) tarzda tashkil etiladi. 

🔹Mazkur xalqaro olimpiada 2005-yildan boshlab, har yili Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi fizika-matematika milliy maktabida o‘tkazilib kelinmoqda va joriy yil Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Hindiston, Eron, Qirg'iziston, Norvegiya, Serbiya, Turkmaniston, Vetman, Turkiya kabi dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 1200 nafar o‘quvchilar xalqaro olimpiadada ishtirok etishlari kutilmoqda.

🔹Bu yil 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi 2-3 fevral kunlari bo’lib o’tadi. Olimpiadaning ochilish marosimi 1-fevral, yopilish va taqdirlash marosimi esa 10-fevral kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun mamlakatimizdan jami 95 nafar o’quvchilar ro’yxatdan o’tgan.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz 
📲👉@olimpdep