Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga kelib, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishdi.

Ayni daqiqalarda Shavkat Mirziyoyev hamda o‘qituvchilar muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab davlat rahbari taʼlimga oid islohotlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi, shundan so‘ng o‘qituvchilarning takliflarini tinglamoqda.

«Biz avvalo ustozning, muallimning obro‘sini ko‘tarishimiz kerak. Aytish kerakki, biz 20 yilda o‘qituvchilarga eʼtibor qaratmadik. Bundan kim yutqazdi? Albatta, biz. Oxirgi yillarda taʼlimda o‘qituvchining kayfiyati, dars berishi o‘zgargani ham adolatli haqiqat. 

Men o‘zim ham taʼlim berganman, bilaman bu sohani. Albatta, 20-30-40 yil davomida eskicha dars bergan o‘qituvchiga yangi darsliklarga o‘tish biroz og‘ir. Lekin bugun bu narsani qilmasak, ertaga o‘zimiz kutgan natijani ololmaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev

“Ota-onalarning o‘qituvchiga munosabati o‘zgarishi kerak” – Shavkat Mirziyoyev

“Muallimlar soni bo‘yicha endi masalamiz qolmadi, endi eʼtibor sifatga”, – deya taʼkidladi prezident.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep