📚Ta'limda Janubiy Koreya tajribasi

🇰🇷Janubiy Koreyada iqtidorli o’quvchilar va talabalar "Ijodkorlik va ilm-fanni rivojlantirish fondi" tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. O’tkaziladigan olimpiada va tanlovlar, o'quvchilar bilan olib boriladigan chuqurlashtirilgan mashg’ulotlarni tashlik qilish aynan shu fond tomonidan muvofiqlashtiriladi.

🔶Joriy yilning 6-dekabr kuni, J. Koreyaning iqtidorli yoshlari bilan bog’liq jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi Ijodkorlik va ilm-fanni rivojlantirish fondi (KOFAC) rahbariyati va Xalq ta’limi vazirligi Fan olimpiadalari bo'yicha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash Departamenti direktori o’rtasida Seul shahrida uchrashuv tashkil qilindi.

🔶Uchrashuvda J.Koreya Respublikasida fan olimpiadalarining tashkil qilinishi, iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash, ularni xalqaro olimpiadalarga tayorgarlik ko’rishlari bo’yicha tajriba almashildi. Bundan tashqari, J.Koreyadagi maktab ta’limi, iqtidorli o’quvchilarning faoliyati batafsil o’rganildi.

📲 👉@olimpdep