MATEMATIKA, FIZIKA, KIMYO, BIOLOGIYA FANLARIDAN O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI YANVAR OYIDA O‘TKAZILADI

MATEMATIKA, FIZIKA, KIMYO, BIOLOGIYA FANLARIDAN O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING RESPUBLIKA BOSQICHI YANVAR OYIDA O‘TKAZILADI

🔰Olimpiadaning Respublika bosqichi 2023-yil 6-7-yanvar kunlari Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumta’lim maktabida  2 kun davomida tashkil qilinadi.

🔰BIRINCHI KUN: Ishtirokchilarga 5 ta masaladan iborat yozma ish taqdim qilinadi va 3 soat vaqt ajratiladi.
❇️1-2-savol (sodda daraja)-8 ball, 
❇️3-4-savol (o‘rta qiyinlik daraja)-10 ball,
❇️5-savol (qiyin daraja)-14 ball, JAMI: 50 ball.

🔰IKKINCHI KUN: Ishtirokchilarga fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik qism va test topshiriqlaridan iborat bo‘lib, metodik qismda taqdim etilgan topshiriqlar yechimlari keltirilgan misol va masalalarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yechilganligini izohlab, har bir masalani baholash talab etiladi. Buning uchun 2 soat vaqt ajratiladi va 50 ball bilan baholanadi. 

🔰TAQDIRLASH: 
✅ Respublika bosqichi natijalariga ko‘ra g‘oliblar turli  nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep