Joriy yilning 3-8 noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan (I guruh fanlari) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Ushbu bosqichda  respublika bo'yicha 15 937 nafar 9-10-11 sinf o'quvchilari ishtirok etmoqda.

Amaldagi tartib bo'yicha mazkur bosqichda g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar

1-o'rin uchun 1,8 mln so'm;
2-o'rin uchun 1,2 mln so'm;
3-o'rin uchun 0,9 mln so'm 
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy yilda g'oliblarni rag'batlantirish va taqdirlash maqsadida Respublika budjetidan qariyb 
3 mlrd. so'm  mablag' ajratilgan.

Eslatib o'tamiz, ushbu tartib 2021/2022 o'quv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 562-sonli qarori bilan joriy qilingan bo'lib, o'tgan o'quv yilida 2,7 mlrd. so'm mablag' yo'naltirilgan edi.

Olimpiada ishtirokchilariga 
omad tilaymiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep