Birinchi guruh fanlari bo'yicha 2022/2023 o'quv yilida o'tkaziladigan asosiy olimpiada

💠 Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi.

📅 2022-yil 3-8-noyabr kunlari birinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda tashkil etiladi.

🔹Olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan ikkita turda yozma va test shaklida tashkil qilinadi. 
🔸Yozma ishda ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 5 ta yozma ish topshiriqlari  (7, 7, 10, 10 va 16 balli topshiriqlar, jami 50 ball bilan baholanadi)ni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi 
🔸Testda ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 30 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. 

🔹Informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiada bitta turda tashkil qilinadi. Ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 5 ta masala (7, 7, 10, 10, 16 ballik masalalar)ni onlayn portalda yechishlari uchun 180 daqiqa vaqt beriladi, to‘liq ishlangan va tizimda qabul qilingan masalalarga tegishlicha ball beriladi, jami 50 ball. Ishtirokchilar masala uchun dastur kodlarini faqat C++, Python, Java dasturlash tillarida yozishlari talab etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep