To‘xtamurod Jumayev nomidagi 2-Qorako‘l matematika olimpiadasi”ning ikkinchi (yakuniy) bosqichi
To‘xtamurod Jumayev nomidagi 2-Qorako‘l matematika olimpiadasi”ning ikkinchi (yakuniy) bosqichi
💠 To‘xtamurod Jumayev nomidagi 2-Qorako‘l matematika olimpiadasi”ning ikkinchi (yakuniy) bosqichi 2022-yil 30-oktabr kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 81-son ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida oflayn tarzda tashkil etiladi. 🔸 5-8 sinf o‘quvchilariga beriladigan topshiriqlarning birinchi 5 tasi 1,1 ball, keyingi 5 tasi 2,3 ball va oxirgi 5 tasi 3,6 ball bilan baholanadigan turli xil qiyinlikdagi 15 ta ochiq test (javobi yoziladigan) berilib ularni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi, jami 35 ball bilan baholanadi. 🔸 9-11 sinf o‘quvchilariga har biri 7 balldan baholanadigan 5 ta masala taqdim qilinib ularni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi, jami 35 ball bilan baholanadi. 💠 Olimpiada natijalariga ko‘ra, har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanib taqdirlanadi. ❗️Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra ikkinchi bosqich ishtirokchisiga bo‘lgan o‘quvchilar o‘zlari bilan tug‘ilganlik haqida guvohnomalari bilan kelishlari so‘raladi. Olimpiada 30-oktabr kuni soat 9:30 ⏰ da boshlanadi. 📲 @Qorakololimpiadasi
📲 @olimpdep