Ertaga 2022-yil 18-oktabr kuni Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi o‘tkaziladi.

🎉 Ushbu olimpiadaga ota-onalar hamda o‘quvchilarning ko‘p sonli murojaatlari inobatga olingan holda O‘zbekistonlik 15-17 yoshli o‘quvchilar ham ishtirok etishlariga imkoniyat yaratildi. 

💠 Olimpiadada ishtirok etmoqchi bo'lganlar o‘quvchilar oo.uzedu.uz tizimidan olimpiada yakunlanmasidan oldin ro‘yxatdan o'tishlari va ishtirok etishlari mumkin. 
❗️Diqqat: Ro‘yxatdan o‘tayotganingizda viloyat, tuman, maktab va sinfingizni tanlayotganingizda Xorijiy davlat uchun maxsus ochilgan bo‘limlarni tanlashingiz kerak bo‘ladi.

 💠 Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi bitta bosqichda - 30 ta test topshiriqlaridan iborat test sinovlari shaklida 18-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 06:00 dan kechki soat 23:59 ga qadar o‘tkaziladi. 

 💠 Reyting xorijiy fuqarolar uchun alohida va O‘zbekiston respublikasi fuqarolari uchun alohida shakllantiriladi va 19-oktabr kuni e'lon qilinadi.