2022-yil 18-oktabr kuni Xalqaro O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi o‘tkaziladi.

💠  Xalqaro olimpiadaning maqsadi xorijiy davlatlar bilan fan va ta’lim sohasida hamkorlikni kuchaytirish orqali chet ellik yoshlarning o‘zbek tili va adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yuksaltirish va o‘zbek tili adabiyoti va milliy madaniyatni keng targ‘ib qilish, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash;

💠 Xalqaro olimpiadada xorijiy davlat fuqarosi (millatidan qat’i nazar) bo‘lgan 15-17 yoshli umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan va ta’lim olayotgan xorijiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

💠 Xalqaro olimpiadada qatnashishni istagan har bir o‘quvchi individual tarzda https://internationalolympiad.uzedu.uz veb sahifasi orqali joriy yil 16-oktabrga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

 💠 Xalqaro o‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi bitta bosqichda - 30 ta test topshiriqlaridan iborat test sinovlari shaklida 18-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 06:00 dan kechki soat 23:59 ga qadar o‘tkaziladi. Natijalar 19-oktabr kuni e'lon qilinadi.

🌐👉 https://internationalolympiad.uzedu.uz
📧👉 internationalolympiaduzedu@gmail.com
📲👉@olimpdep