ASOSIY FAN OLIMPIADASINING II (TUMAN) BOSQICHI BIRINCHI GURUH FANLARI TARTIBI BILAN TANISHING

✅ Olimpiada birinchi guruh fanlari 1 turda ya’ni test sinovlari shaklida tashkil qilinadi. Test sinovlarida har bir fandan 30 ta test savollari taqdim qilinadi.

✅10 tasi sodda darajasidagi yopiq (A, B, C, D javoblaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan; 
✅10 tasi o‘rta qiyinlik darajasidagi yopiq (A, B, C, D javoblaridan tanlanadi) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan; 
✅10 tasi qiyin darajadagi ochiq (javobi yoziladigan) test bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi (10*0,9+10*1,5+10*2,6=50).

✅Test natijalariga ko‘ra, har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib (1-, 2-, 3-o‘rinlar) aniqlanadi va hakamlar hay’ati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan uchinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep