BUXORODA O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

🔹Ayni paytda Buxoro shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchilar o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan respublika olimpiadasining viloyat bosqichiga start berildi. 

🔹Ikki kun davom etadigan tadbir jarayonida olimpiadaning shahar va tuman bosqichlaridja g‘oliblikni qo‘lga kiritgan  o‘qituvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.
 
🔹Ayni paytda matematika va biologiya fanlaridan sinovlar bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirning ochilishida ishtirok etgan  viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Dilfuza Mustafayeva barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

🔹Olimpiadaning shaffof va xolisona tarzda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati ham yaratilgan👇
https://t.me/+Ngnu2qE4A3o0ZTEy

 Telegram (https://t.me/bvxtb) |Сайт (http://bvxtb.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/buxorovxtb) |