Ayni paytda viloyatimizning barcha hududlarida o‘qituvchilar o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan respublika olimpiadasining tuman (shahar) bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni paytda viloyatimizning barcha hududlarida o‘qituvchilar o‘rtasida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan respublika olimpiadasining tuman (shahar) bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
🔹Umumta'lim muassasalarining pedagog-o‘qituvchilari orasidan matematika, fizika, kimyo va biologiya fani bo‘yicha ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor pedagoglarni aniqlash hamda ulardagi ijodiy qobiliyatlarni, kasbiy mahoratni ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadiga yo‘naltirilgan mazkur olimpiadada 1600 nafar o‘qituvchi ishtirok etmoqda. 🔹Jumladan, Buxoro shahridagi 12-IDUMda o‘tayotgan olimpiadaning shahar bosqichi qizg‘in davom etmoqda. Unda 173 nafar o‘qituvchilar ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.